Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan bayram sovg‘alari topshirildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Quvondiq Qodirov, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Karamatdin Gulimbetov institutda samarali mehnat qilayotgan faol professor-o‘qituvchilar va xodimlarni bayram bilan tabrikladi.
Ularning fidokorona xizmati, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ta’lim jarayonidagi faolligi e’tirof etilib, institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan bayram sovg‘alari topshirildi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan Vatan himoyachilari kunining mazmuni va ahamiyati, yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan pedagog va xodimlarning jamiyatdagi o‘rni haqida so‘z yuritildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
