Professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida mini futbol bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 15-16-yanvar kunlari Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti sport majmuasida fakultetlarning erkak professor-o‘qituvchilari va bo‘limlar xodimlari o‘rtasida mini futbol bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi va 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan institut sport klubi, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat ma’rifat bo‘limi, shuningdek, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan tashkil etilgan musobaqa juda qizg‘in kurashlarga boy bo‘ldi.
Musobaqa yakunida:
1-o‘rinni – Rektorat jamoasi;
2-o‘rinni – Sirtqi ta’lim bo‘limi jamoasi;
3-o‘rinni – Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti jamoasi egalladi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal hamda bayram sovg‘alari bilan taqdirlandi.
NukusDPI matbuot xizmati.
