Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlashni unutmang!

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2025-2026-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning muddati 2026-yil 31-yanvarga qadar (shu kuni ham) uzaytirilgan edi.
Unda:
– qabul parametri doirasida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdorida;
– tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super) asosida o‘qish istagini bildirganlar, ular uchun belgilangan bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirishi lozim.
Eslatma: Mazkur muddatni uzaytirish tartibi faqat birinchi bosqichga (bakalavriat va magistratura) qabul qilingan talabalar uchun amal qiladi. Ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun ushbu tartib tatbiq etilmaydi.