Taniqli ma’rifatparvar ziyolilar bilan maslahat uchrashuvi tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida yurtimizga mashhur ma’rifatparvar ziyolilar, yozuvchi va shoirlar, olimlar, madaniyat va san’at namoyandalari, sport sohasining fidoyilari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy va ta’lim-tarbiya yo‘nalishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Quvondiq Qodirov olib bordi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi Suhrob Yusupov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mita raisi Murat Atamuratov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining birinchi o‘rinbosari Batu Aminov, markaz bo‘lim boshlig‘i Ahror Saidov, markazning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi boshlig‘i Tatlimurat Atamuratov so‘zga chiqib, mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar, yoshlar bilan ishlashda ilm-fan, ta’lim, madaniyat, san’at va sportning o‘rni, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning ahamiyatini ta’kidladi.
Ziyolilar bilan ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv davomida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, bu borada zamonaviy yondashuvni joriy etish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir yakunida bildirilgan taklif va tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etish, sohalar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash va ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha muhim takliflar ishlab chiqildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
