Asosiy maqsad – talabalar xavfsizligini ta’minlash

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Filologiya fakultetida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi xizmati yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida targ‘ibot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini shakllantirish, transport vositalaridan foydalanishda mas’uliyatni oshirish hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida tashkil etildi.

Uchrashuv davomida boshqarma bo‘lim boshlig‘i Islam Uzaqbergenov va axborot guruhi inspektori Timur Qurbanbayev tomonidan yo‘l harakati qoidalarining mazmuni va ahamiyati, piyodalar va transport haydovchilarining huquq hamda majburiyatlari, shuningdek, yo‘l-transport hodisalarining kelib chiqish sabablari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

NukusDPI matbuot xizmati.