Musiqa ta’limi yo‘nalishi talabalari xalqaro tanlovda g‘olib bo‘ldi

Toshkent shahrida “New Talents” jamiyati tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Renesans TV” telekanali hamkorligida “Yilning xalqaro yulduzlari” xalqaro tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro tanlovda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti musiqa ta’limi yo‘nalishining 1-kurs talabalari ham faol ishtirok etdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra:

– Aziza Qarlibayeva baxshichilik yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rin;

– Aybek Amangeldiyev an’anaviy cholg‘u ijrochiligi yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rin;

– Begis Sag‘indiqov an’anaviy xonandalik yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi.

Shu bilan birga, musiqa ta’limi kafedrasi assistent-o‘qituvchisi Berdiyar Seytmuratov “Yilning eng yaxshi xalqaro o‘qituvchisi” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.

NukusDPI matbuot xizmati.