“Kitob – bilim manbai” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazida Aniq fanlar fakulteti tomonidan yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va keng targ‘ib qilish, shuningdek, ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Kitob – bilim manbai” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda taniqli shoir Allayar Darmenov, fakultet dekanining o‘rinbosari X.Yesemuratov, dekanning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi G.Atajanova, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida kitobning inson hayotidagi o‘rni, ilm-fan va tafakkurni rivojlantirishdagi, odamlarni komillikka yetaklashdagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, mamlakatimizda kitobxonlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va zamonaviy axborot-resurs markazlari faoliyati haqida ma’lumotlar berildi. Talabalar o‘zlari sevib o‘qigan asarlar, yozuvchi va shoirlar, kitob mutolaasi davomidagi taassurotlari bilan bo‘lishdi.
NukusDPI matbuot xizmati.
