Kechki ta’lim yo‘nalishlari talabalari o‘rtasida targ‘ibot ishlari olib borildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Aniq fanlar fakulteti kechki ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talaba-yoshlar ishtirokida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va mas’uliyatli harakatlanish madaniyatini shakllantirish maqsadida targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi xizmati yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi inspektorlari T.O‘temuratov va T.Qurbonboyev, shuningdek, fakultet dekani o‘rinbosari X.Yesemuratov ishtirok etdi.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish, piyodalar va haydovchilarning majburiyatlari, mototransport hamda velosipeddan foydalanishdagi xavfsizlik choralari, shuningdek, tez-tez uchraydigan yo‘l-transport hodisalarining sabablari va ularning oqibatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
