NukusDPI talabasi Zebiniso Tairova “Eng faol yil talabasi – 2025” tanlovining respublika bosqichida 2-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida “Eng faol yil talabasi – 2025” respublika tanlovining final bosqichida “Yilning eng faol tadbirkor talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti maxsus pedagogika: logopediya ta’lim yo‘nalishining 3-kurs talabasi Zebiniso Tairova 2-o‘rinni egallagan edi.

Bugun, 6-fevral kuni Buxoro shahrida tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari va sovrindorlari taqdirlandi.

Ma’lumot uchun, institutimiz talabasi Zebiniso Tairova Xo‘jayli tumanida oilaviy xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotini ochib, bir necha yildan buyon tadbirkorlik faoliyatini samarali olib bormoqda.

Tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari va sovrindorlari vazirlikning tegishli darajadagi diplomlari, maxsus statuetkasi, shuningdek, bazaviy hisoblash miqdorining 15, 10 va 8 baravari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi.

NukusDPI matbuot xizmati.