“Ijtimoiy reestr”ga kiritilgan oilalarning kunduzgi ta’limda o‘qiyotgan talabalari uchun imtiyoz

“Ijtimoiy reestr”ga kiritilgan oilalarning kunduzgi ta’limda o‘qiyotgan talabalari uchun yotoqxona xarajatlari Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi:

– talaba grant yoki kontrakt asosida o‘qishidan qat’i nazar yotoqxona xarajatlari qoplab beriladi;

– talabalar TTJga ustuvorlik bilan (navbatsiz) qabul qilinadi;

– oliy ta’lim muassasasining rektori nomiga har oyning 7-sanasiga qadar kontrakt.edu.uz axborot tizimi orqali ariza bilan murojaat qiladi;

– TTJda yashash xarajatlari – har oy to‘lov sifatida talabaga beriladi;

– to‘lovlar har oyning 15-sanasiga qadar talabaning plastik kartasiga o‘tkaziladi;

– talabalar yotoqxona to‘lovini oldindan amalga oshirgan taqdirda, ushbu mablag‘lar belgilangan tartibda talabaning bank plastik kartasiga to‘liq qaytarib beriladi.

Ma’lumot o’rnida, bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida bunday toifadagi talabalar soni 5 ming nafardan ortiqni tashkil etadi.