Institutda “Biz – Vatanni kuylaymiz” mavzusida konsert dasturi tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti musiqa ta’limi kafedrasi tomonidan “Biz – Vatanni kuylaymiz” mavzusida konsert dasturi tashkil etildi.

Musiqa ta’limi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari hamda musiqa ta’limi va san’at mutaxassisligi magistrantlari ijrosidagi konsert to‘liq jonli ijro etildi.

Tadbirda institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Quvondiq Qodirov so‘zga chiqib, institutda iqtidorli yoshlarning bunday konsert dasturini tashkil etish yaxshi an’anaga aylanib borayotganini ta’kidlab, uni tashkil etishga rahbarliklik qilgan O‘zbekiston xalq artisti, musiqa ta’limi kafedrasi dotsenti Aygul Nadirovaga, faxriy ustoz, dotsent Sofiya Tajetdinovaga, shuningdek, kafedraning fidoyi professor-o‘qituvchilariga minnatdorlik bildirdi.

Konsert dasturida talabalar va magistrantlar, kafedra qoshida tashkil etilgan “Siy perde”, “Tarannum”, “Baldauren”, “G‘ijjakchilar” ansambllari a’zolari qoraqalpoqcha, o‘zbekcha, qozoqcha, turkmancha, turkcha qo‘shiqlar, shuningdek, an’anaviy va jahon mumtoz kuylarini ijro etdi.

Konsert dasturi ishtirokchilarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.

NukusDPI matbuot xizmati.