Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni munosabati bilan tanlov tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida rektorning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sayyora Bekchanova rahbarligida 11-fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni munosabati bilan talaba-qizlar o‘rtasida “Ilmda mening orzularim” mavzusida tasviriy san’at tanlovining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda barcha fakultetdan iqtidorli talaba-qizlar ishtirok etib, o‘zlarining ijodiy ishlari orqali ilm-fanga bo‘lgan qiziqishi va kelajakdagi orzu-umidlarini aks ettirishga harakat qildi.

Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.

Bunday tadbirlar talaba-qizlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish va ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.