“Mushoira” klubida shoira Mukarrama Orazbayeva bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti “Mushoira” klubi tomonidan shoira Mukarrama Orazbayeva bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda o‘zining yozgan she’rlari, shuningdek, yoqimli ovozi, zamonaviy ijodi bilan yoshlar orasida mashhur bo‘lgan shoira she’riy asarlari, o‘zi ilhomlanadigan motivatsion holatlar, zamonaviy adabiyotda badiiy so‘zning o‘rni haqida fikrlarini bildirdi.
Tadbir davomida talabalar ijodga oid savollarini berib, she’r yozish mahorati, badiiy didni shakllantirish va adabiy izlanishlar bo‘yicha muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldi.
Shuningdek, talabalarning ijodiy namunalari tinglanib, ular bo‘yicha shoir tomonidan fikrlar bildirildi.
Uchrashuv qizg‘in suhbatlar hamda badiiy qism bilan davom etdi.
NukusDPI matbuot xizmati.
