Navoiy ijodi – beqiyos ma’naviy xazina

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida buyuk mutafakkir, so‘z mulkining sultoni, taniqli davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan “Navoiy ijodiy merosi va globallashuv jarayoni” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya hamda adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyani institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Quvondiq Qodirov olib bordi.

Tadbir davomida Alisher Navoiyning boy adabiy merosini o‘rganish, uni ilmiy asosda tadqiq etish, qayta nashr etish va keng jamoatchilikka yetkazish borasida mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ishlar alohida e’tirof etildi. Navoiy asarlarining bugungi globallashuv sharoitida ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati tobora ortib borayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, Filologiya fakultetining iqtidorli talabalari tomonidan shoir g‘azallaridan namunalar o‘qildi. Talabalar ijrosida Alisher Navoiy hayoti va ijodini aks ettiruvchi badiiy-adabiy sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Optimized by JPEGmini 3.18.32.260205554-TBTBLNP 0x6825cf31

Optimized by JPEGmini 3.18.32.260205554-TBTBLNP 0x627aee71