NukusDPIda fakultetlar o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 10-fevral kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, iqtidorli, zukko yoshlarni aniqlash, ularning ma’naviy dunyosini boyitish va iste’dodli yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida fakultetlar o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovining birinchi bosqichi o‘tkazildi.

“Yakkama-yakka” formatida bo‘lib o‘tgan tanlovda fakultetlar ikki jamoadan guruhlarga bo‘lingan holda o‘zlarining sahna mahoratlarini namoyish etdi.

O‘ta qizg‘in tarzda o‘tgan tanlovda Filologiya fakultetining “Interfak”, Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetining “Qarekengning qizlari”, Aniq fanlar fakultetining “APAN”, shuningdek, qo‘shimcha yo‘llanma bilan Tarix fakultetining “Va-ha-ha” jamoalari final bosqichiga yo‘llanma oldi.

Final bosqichi qachon o‘tkazilishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

NukusDPI matbuot xizmati.