Adabiyot osmonidagi yulduz

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazida buyuk mutafakkir, davlat arbobi va so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan “Adabiyot osmonidagi yulduz” mavzusida adabiy kecha tashkil etildi.

Navoiyning boy ijodiy merosini keng targ‘ib qilish, yoshlar qalbida badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish maqsadida o‘tkazilgan kechada Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetining tyutorlari hamda talabalari ishtirok etdi.

Tadbirda axborot-resurs markazining xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Rita Amanbayeva, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Zuxra Azilova, Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti tyutori Guljahan Artikova Navoiyning hayoti va ijodiy yo‘li, jahon adabiyotida tutgan o‘rni, turkiy tilning nufuzini oshirishdagi tarixiy xizmatlari haqida ma’lumotlar berdi.

Kecha davomida talabalar tomonidan Navoiy ijodiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, g‘azal va ruboiylaridan parchalar o‘qib berildi.

NukusDPI matbuot xizmati.