11-fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni

Ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan, o‘z bilimi va salohiyati bilan jamiyat ravnaqiga xizmat qilayotgan barcha olima, tadqiqotchi, ustoz va pedagog ayollarni bugungi bayram bilan tabriklaymiz.
Bugungi kunda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida jami 556 professor-o‘qituvchi faoliyat olib borayotgan bo‘lsa, shundan 295 nafari ayol-qizlardir. Ulardan 13 nafari fan doktori (DSc), 114 nafari fan nomzodi va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalariga, shu jumladan, 13 nafari professor, 74 nafari dotsent ilmiy unvonlariga ega bo‘lgan xotin-qizlar yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlashga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Shuningdek, institutda xotin-qizlar boshqaruv sohasida ham faollik ko‘rsatib kelayotgan bo‘lib, ular prorektor, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari kabi mas’uliyatli lavozimlarni fidoyilik bilan bajarib kelmoqda.
Sizlarning fidoyiligingiz, intilishlaringiz va ilmga bo‘lgan sadoqatingiz yosh avlod uchun ibrat, kelajak uchun mustahkam poydevordir. Ilm yo‘lidagi izlanishlaringiz bardavom, yutuqlaringiz mo‘l bo‘lsin!
NukusDPI matbuot xizmati.