Xushxabar! NukusDPIning “Renessans yoshlari” jamoasi “Ma’rifat maydoni” tanlovining g‘olibi bo‘ldi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida “Ma’rifat maydoni” tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Yozuvchi, shoirlar hayoti va ijodini tanishtirish, savol-javob va sahna ko‘rinishi kabi shartlar asosida o‘tkazilgan tanlovda talabalarning har bir chiqishi hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.
Quvonarlisi, tanlov yakunida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining “Renessans yoshlari” jamoasi g‘olib bo‘lib, keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Institutimiz jamoasi a’zolariga tanlovning keyingi bosqichida muvaffaqiyatlar tilaymiz!
NukusDPI matbuot xizmati.
