Ishchi guruh a’zolari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining davlat oliy ta’lim tashkilotlari va ular tasarrufidagi akademik litseylarda rasmiylashtirilayotgan, shuningdek, tarqatilayotgan qat’iy hisobdagi hujjatlar bilan ishlash holatini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhi a’zolari Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi.
Ishchi guruh a’zolari tomonidan Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan “Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga muvofiq institutda rasmiylashtirilayotgan va tarqatilayotgan diplomlar bo‘yicha nazoratni kuchaytirish, shu bilan birga, qat’iy hisobdagi hujjatlar bilan ishlash holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida hujjatlarning belgilangan talablar asosida yuritilayotgani ta’kidlanib, ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
