Professor Mariya Bekbergenova bilan uchrashuv tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazida 11-fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni munosabati bilan Filologiya fakulteti qoraqalpoq adabiyoti kafedrasi professori, filologiya fanlari nomzodi, faxriy ustoz Mariya Bekbergenova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda institutning Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakultetining tyutorlari hamda talabalari ishtirok etdi.

Tadbirni markazning xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Rita Amanbayeva olib bordi.

Uchrashuvda Mariya Bekbergenova hayot yo‘li, ilm yo‘lida tashlagan ilk qadamlari, ustozlari, hamkorlikda ishlagan taniqli olimlar, yozuvchi va shoirlar, davlat va jamoat arboblari, shogirdlari, ilmiy ishlari haqida ishtirokchilarga ma’lumotlar berdi.

Talabalar ustozning hayoti va ilmiy-pedagogik faoliyati bilan bog‘liq savollariga javoblar oldi.

Tashkilotchilar tomonidan professor Mariya Bekbergenovaga bayram sovg‘asi topshirildi. Tadbir musiqiy chiqishlar bilan davom etdi.

NukusDPI matbuot xizmati.