14-fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

Buyuk davlat arbobi, shoir, boburiylar sulolasi asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yilning 14-fevralida Andijonda, Farg‘ona ulusining hokimi Umar Shayx Mirzo xonadonida dunyoga kelgan. Bugun yurtimiz bo‘ylab ushbu ulug‘ zotning 543 yilligi keng nishonlanmoqda.

Bobur o‘zining keng dunyoqarashi, aql-zakovati va mohir sarkardaligi bilan Hindistonda boburiylar sulolasiga asos solib, jahon tarixida munosib iz qoldirgan bo‘lsa, eski o‘zbek (chig‘atoy) tilida yozilgan “Boburnoma” asari orqali dunyoning mashhur tarixchi olimlari qatoridan o‘rin oldi. Uning g‘azal va ruboiylari turkiy she’riyatning eng mashhur asarlari bo‘lib, “Mubayyin” (“Bayon etilgan”), “Xatti Boburiy”, “Harb ishi”, aruz haqidagi asarlari islom qonunchiligi, she’riyati va til nazariyasi sohalariga qo‘shilgan ulkan hissadir.

NukusDPI matbuot xizmati.