Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar belgilab olindi

Joriy yilning 1-fevralidan 1-martiga qadar mamlakatimiz bo‘ylab tegishli idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda “Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish” kompleks tezkor-profilaktik tadbirlari uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqilib, kelgusida qilinadigan ishlar va tegishli vazifalar belgilab olindi.

Ma’lumot uchun, ushbu tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni asosida tashkil etilmoqda.

NukusDPI matbuot xizmati.