“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining yangilangan tahriri tasdiqlandi

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi global oʻzgarishlar sharoitida yanada takomillashtirildi va Prezident Farmoni bilan 2026-2030-yillarga moʻljallangan yangilangan tahriri tasdiqlandi.
Asosiy maqsadlar:
– real sharoitga mos, oʻlchash va baholash imkoni mavjud samaradorlik koʻrsatkichlarini belgilash;
– oʻrta muddatli maqsadlarni yangi global chaqiriqlarga muvofiq yangilash;
– strategiya ijrosi monitoringini toʻliq raqamlashtirish;
– soha, tarmoq va hududlarni rivojlantirish boʻyicha strategik rejalashtirish hujjatlarini “Oʻzbekiston – 2030” bilan uygʻunlashtirish.
Strategiya ijrosi barcha masʼul vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari uchun eng ustuvor vazifa etib belgilandi.
Mazkur Farmon “maqsad – harakat – natija” tamoyiliga asoslangan mutlaqo yangi strategik boshqaruv tizimini yanada mustahkamlashga qaratilgan.