Buxoroda “Qoraqalpoq madaniyati kuni” bo‘lib o‘tdi

Buxoro davlat pedagogika institutida yoshlar o‘rtasida millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida “Do‘stlik” shiori ostida “Qoraqalpoq madaniyati kuni” madaniy-ma’rifiy tadbirlari tashkil etildi.
Tadbirda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti va Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti jamoasi hamda talaba-yoshlari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida millatlararo totuvlik, do‘stlik munosabatlarini mustahkamlashga yo‘naltirilgan ko‘plab tadbirlar, uchrashuvlar, festivallar o‘tkazildi.
