“Besh tashabbus olimpiadasi va paralimpiadasi” loyihalarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 21-fevral kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti sport majmuasida respublikamizda beshinchi marta o‘tkazilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi va paralimpiadasi” loyihalarining 2026-yilgi mavsumining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, Mahallalar uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi vakillari, “Besh tashabbus olimpiadasi”ning oldingi mavsumi g‘oliblari va sovrindorlari, umumta’lim maktablarining o‘quvchilari, oliy ta’lim muassasalarining talabalari, taniqli sportchilar ishtirok etdi.
Respublika bo‘ylab onlayn teleko‘prik orqali bo‘lib o‘tgan ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar Prezidentimiz tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan ushbu tizim qisqa vaqt ichida umummilliy harakatga aylanganini ta’kidladi. O‘tgan yili tashkil etilgan jamoaviy sport musobaqalarida 15 million aholi katta qiziqish bilan faol ishtirok etgani bu fikrning yaqqol dalilidir.
Ta’kidlash joiz, o‘tgan yili “Besh tashabbus olimpiadasi” yakunlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egallagan edi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimizni ushbu loyiha doirasida o‘tkaziladigan musobaqalarda faol ishtirok etishga chaqirdi.
NukusDPI matbuot xizmati.
