NukusDPI “Ziyoli yoshlar” jamoasi “Zakovat” turnirining respublika final bosqichiga yo‘llanma oldi

Bugun, 21-fevral kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, “Zakovat” klubi, shuningdek, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida xotin-qizlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual turnirining hududiy saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ahamiyatlisi, turnirning hududiy bosqichida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti talaba-qizlaridan tuzilgan “Ziyoli yoshlar” jamoasi faxrli 2-o‘rinni egallab, respublika final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot o‘rnida, turnirning respublika final bosqichi joriy yilning 1-mart kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalarga qimmatbaho sovg‘alar topshiriladi.

NukusDPI matbuot xizmati.