Diqqat, diqqat! Mini futbol bo‘yicha “Talabalar ligasi” start olmoqda

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarni sport tadbirlariga keng jalb etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida mini futbol bo‘yicha “Talabalar ligasi” start olmoqda.
Liga doirasidagi o‘yinlar shu yilning 24-25-fevral kunidan soat 15:00 da institutning sport majmuasida boshlanadi va har haftaning seshanba va chorshanba kunlari shu vaqtda muntazam ravishda o‘tkazib boriladi.
Ligani tashkil etishning asosiy maqsadi:
– Talaba-yoshlarni muntazam sport bilan shug‘ullanishga jalb qilish;
– Ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish;
– Fakultetlar o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish;
– Yoshlar o‘rtasida o‘zaro do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash;
– Mahoratli sportchilarni aniqlab, institut terma jamoasi uchun zaxira shakllantirish.
Ligada ishtirok etishni xohlovchilar fakultet dekanlarining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosarlariga murojaat qilishlari mumkin.
Ma’lumot uchun, mini futbol bo‘yicha “Talabalar ligasi” institut rektorati ko‘magida sport klubi va Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan tashkil etilmoqda.
Sport – bu birlik, sport – bu sog‘lom kelajak poydevori. Shunday ekan, barchangizni “Talabalar ligasi”da kutamiz!
NukusDPI matbuot xizmati.