Ta’ziya

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti ingliz tili va adabiyoti kafedrasida uzoq yillar davomida fidoyilik bilan xizmat qilgan, jonkuyar ustoz, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Saitova Zaure Qaljanovnaning bevaqt vafoti munosabati bilan marhumning oilasiga chuqur ta’ziya bildiramiz.

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektorati, jamoat tashkilotlari, Filologiya fakulteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasining mehnat jamoasi.