Taniqli qozoq shoiri Muqag‘ali Maqatayev ijodiga bag‘ishlandi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Filologiya fakultetida taniqli qozoq shoiri Muqag‘ali Maqatayevning tavalludiga 95 yil to‘lishiga bag‘ishlangan “She’riyat – men bilan egiz edingmi?” mavzusida she’riyat kechasi tashkil etildi.
Kechada qozoq tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishining iqtidorli talabalari tomonidan shoirning she’rlari, dostonlari ifodali o‘qib berildi va she’riy asarlarining mazmuni haqida ma’lumotlar berildi.
Faol ishtirok etgan talabalar fakultet dekanati tomonidan rag‘batlantirildi.
Albatta, bunday tadbirlar talabalarning qardosh xalqlar adabiyotiga qiziqishini oshirish bilan birga, ularni kitobxonlikka yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
NukusDPI matbuot xizmati.
