Yoshlarni kitobxonlikka yo‘naltirish – asosiy maqsadimiz

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazida Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti tyutori Suluxan Paluaniyazova tomonidan “O‘qilishi kerak bo‘lgan 100 ta kitob” loyihasi doirasida ma’rifiy kecha tashkil etildi.

Tadbirda talaba-yoshlar mashhur fransuz yozuvchisi Antuan de Sent-Ekzyuperining “Kichkina shahzoda” asari bo‘yicha o‘zaro ma’lumot almashib, savol-javoblar o‘tkazdi.

Xususan, asarning mazmuni, qahramonlar obrazi va asarda ilgari surilgan hayotiy-falsafiy g‘oyalar, do‘stlik, sadoqat, mehr-oqibat, mas’uliyat kabi tushunchalarning mazmuni va ahamiyati atroflicha muhokama qilindi.

Talabalar asarni o‘qish davomida olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Kechada faol ishtirok etgan yoshlar rag‘batlantirildi.

Bunday tadbirlar talaba-yoshlarni kitobxonlikka yo‘naltirish, ularning ma’naviy olamini boyitishga xizmat qiladi.