Ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar va blogerlar diqqatiga!

Joriy yilning 25-fevral kuni soat 11:00 da Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi.

Ochiq muloqotga respublikamizda faoliyat yuritayotgan barcha ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlarni taklif etamiz.

Manzil: Nukus shahri, P.Seytov ko‘chasi raqamsiz uy. NukusDPI bosh binosi.
Murojaat uchun telefon: +998913899411

NukusDPI matbuot xizmati.