Shoira Zulfiya Isroilova ijodiga bag‘ishlangan adabiy kecha tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan axborot-resurs markazi hamda Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti bilan hamkorlikda o‘zbek adabiyotining atoqli vakili, O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilovaning ijodiga bag‘ishlangan “Baxtim shu – Zulfiyaxonim qiziman” mavzusida adabiy kecha tashkil etildi.

Kechada axborot-resurs markazi mutaxassislari va fakultet tyutorlari shoirning hayoti va ijodiy yo‘li, uning o‘zbek she’riyatiga qo‘shgan ulkan hissasi, she’rlaridagi nafis lirika, yuksak insoniy tuyg‘ular, vatanga muhabbat, sadoqat va jasorat mavzulari haqida so‘z yuritdi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan shoirning she’rlari ifodali o‘qildi, ijodining o‘ziga xos xususiyatlariga bag‘ishlangan taqdimotlar qilindi. Shuningdek, iqtidorli talaba tomonidan raqslar, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

NukusDPI matbuot xizmati.