Yoshlar ta’lim-tarbiyasining dolzarb masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida yoshlar ta’lim-tarbiyasining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda institut rektorati vakillari, fakultet dekanlarining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosarlari, tyutorlar, Yoshlar ittifoqi faollari va tegishli mas’ullar ishtirok etdi.
Yig‘ilishni yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Quvondiq Qodirov boshqarib bordi.
Tadbir davomida yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, huquqbuzarliklar va zararli illatlarning oldini olish, shuningdek, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilishda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, sport va madaniy tadbirlar sonini oshirish, iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
