Mini futbol bo‘yicha “Talabalar ligasi” musobaqasiga start berildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan talaba-yoshlarni sport tadbirlariga keng jalb etish, ular orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida mini futbol bo‘yicha “Talabalar ligasi” musobaqasiga start berildi.
Tadbirda institut sport klubi raisi o‘rinbosari Miralim Allanazarov so‘zga chiqib, yangicha formatda o‘tkazilayotgan musobaqalar fakultetlar kesimida muntazam ravishda davom etishini ta’kidladi va ishtirokchilarga muvaffaqiyatlar tiladi.
Musobaqa belgilangan jadval asosida fakultetlardan kelgan jamoalar o‘rtasida davom etdi.
NukusDPI matbuot xizmati.
