Institutda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 26-fevral kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining Moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Nurullan Yerlepesov, shuningdek, Nukus shahri hokimi Abatbay Daniyarov institut talabalari va mahallalar yoshlari bilan suhbatlashdi.

Tadbir davomida yoshlar o‘zlarining o‘qishi, ilmiy-innovatsion va startap loyihalari, tadbirkorlik g‘oyalari bo‘yicha tashabbuslari haqida ma’lumot berib, ularni amalga oshirish mexanizmlari bilan tanishtirdi.

Shu bilan birga, o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar bo‘yicha savollariga javoblar oldi.

Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan bildirilgan takliflar, ko‘tarilgan muammolarni hal etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

NukusDPI matbuot xizmati.