“Dekan va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Aniq fanlar fakultetida “Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan “Dekan va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda fakultet dekani Rzamurat Jiyemuratov mamlakatimizda, jumladan, institutimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning qobiliyatlarini yuzaga chiqarish uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumotlar berdi.

Yoshlar o‘qish, ilmiy-innovatsion loyihalar, axborot texnologiyalaridan foydalanish borasidagi savollariga batafsil javob oldi. Shuningdek, fakultet dekaniga o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

NukusDPI matbuot xizmati.