NukusDPI talaba-yoshlari “Adabiyot osmonidagi ikki yulduz” tanlovida faxrli o‘rinni egalladi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan o‘zbek adabiyotining atoqli vakillari Hamid Olimjon va Zulfiya Isroilovaning boy ijodiy merosiga bag‘ishlangan “Adabiyot osmonidagi ikki yulduz” mavzusida ifodali o‘qish va teatrlashtirilgan chiqishlar tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi tashkil etildi.
Tanlovda respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli talaba-yoshlari qatnashib, ikki mashhur shoir hayoti va ijodiga bag‘ishlab tayyorlangan sahna ko‘rinishlarini mahorat bilan ijro etishga harakat qildi.
Tanlov yakuniga ko‘ra:
1-o‘rin – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali;
2-o‘rin – Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti;
3-o‘rin – Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti talaba-yoshlariga nasib etdi.
G‘olib va sovrindorlar homiylar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
NukusDPI matbuot xizmati.

