Institutda “Lider qizlar” tanlovi bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti dekanati hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan guruh sardorlari bo‘lgan talaba-qizlar o‘rtasida “Lider qizlar” tanlovi tashkil etildi.

Tanlovda ishtirokchilar kreativ va mazmunli tanishtiruv, berilgan muammo bo‘yicha tezkor va asosli yechim topish, ijtimoiy ahamiyatga ega shaxsiy loyiha yoki g‘oyani taqdim etish kabi shartlar bo‘yicha o‘z bilimi, ziyrakligi, mantiqiy fikrlash darajasi, qaror qabul qila olish imkoniyatlarini ko‘rsatishga harakat qildi.

Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan rag‘batlantirildi.

NukusDPI matbuot xizmati.