“Jo‘xori gurtik kuni” do‘stlik bayramiga aylandi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti va “Argoniya” jamiyati tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan talabalar turar joyida 25-fevral – Jo‘xori gurtik kuni yuqori ko‘tarinkilik bilan nishonlandi.
Millatlararo do‘stlik va totuvlik bayramiga aylangan kechada talabalar turar joyi direktori Miyuagul Qallibekova rahbarligida qoraqalpoq xalqining milliy urf-odatlari, milliy o‘yinlari sahnalashtirildi, ajdodlardan meros bo‘lib kelayotgan maishiy buyumlar ko‘rgazmasi o‘tkazildi.
Turli millat vakillari bo‘lgan talaba-yoshlar hamjihatlikda qoraqalpoq xalqining milliy taomi – jo‘xori gurtikni tayyorladi.
Kecha chinakam do‘stlik va hamjihatlik bayramiga aylandi.
