Talaba-yoshlar o‘rtasida targ‘ibot ishlari olib borildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Filologiya fakultetida talaba-yoshlar o‘rtasida ekstremizm, terrorizm, jinoyatchilik, huquqbuzarliklarning oldini olish, giyohvandlikka qarshi kurashish, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Nukus shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, podpolkovnik A.Namenova, Salomatlik va strategik rivojlanish instituti Nukus shahar bo‘limi shifokori T.Ganiyeva, Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy markazi narkologik xizmati Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali narkolog shifokori A.Jalilov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi OITSga qarshi kurash markazi shifokori B.Joldasbayeva, fakultet dekanati vakillari, tyutorlar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni, yoshlar o‘rtasida uchrayotgan turli salbiy illatlarning yuzaga kelish sabablari va ularning oldini olish choralari haqida batafsil ma’lumot berildi.

NukusDPI matbuot xizmati.