“Talabalar ligasi”: Gandbol bo‘yicha musobaqa tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport bilan shug‘ullanadigan yoshlar sonini ko‘paytirish va mahoratli sportchi talabalarni aniqlash maqsadida “Talabalar ligasi” doirasida gandbol bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Musobaqada fakultetlarning jamoalari g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

G‘olib va sovrindorlar aniqlanib, institut sport klubi tomonidan diplom va medallar bilan taqdirlandi.

NukusDPI matbuot xizmati.