Amaliyot jarayonida texnikum o‘quvchilari o‘rtasida tanlov tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Aniq fanlar fakulteti talaba-yoshlari tomonidan Nukus shahridagi 1-sonli texnikumda matematika fani oyligi doirasida “Yosh matematiklar” tanlovi tashkil etildi.
Texnikumda amaliyot olib borayotgan 4-kurs talabalari D.Srajova, G.Biysenbayeva, A.Qudaybergenova tomonidan o‘tkazilgan tanlovda o‘quvchi-yoshlar jamoalarga bo‘lingan holda ishtirok etdi.
Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlar amaliyotchi talabalar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
