Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari va talaba-yoshlarning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda boshqarmaning harbiy qism komandiri o‘rinbosari Azamat Mayliyev, harbiy qism guruh komandiri, “Shuhrat” medali sohibasi Go‘zzal Tanimova, kichik serjant, qo‘l jangi bo‘yicha bir necha bor O‘zbekiston hamda jahon chempioni Gulnura Seytjanova, institut rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sayyora Bekchanova, fakultet xotin-qizlar maslahatchilari, talaba-qizlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida Milliy gvardiya vakillari tomonidan mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, yoshlarni yot g‘oyalardan asrash, internet va ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish, huquqiy savodxonlikni oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv savol-javoblar va fikr almashuvlar bilan davom etdi.

NukusDPI matbuot xizmati.