Xalq shoiri Zulfiya Isroilovaning 111 yilligiga bag‘ishlangan adabiy kecha tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazi ilmiy-metodik va axborot-ma’lumot berish bo‘limining o‘quv zalida O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova tavalludining 111 yilligi munosabati bilan “Bahor bilan kelgan bahor shoirasi” mavzusida adabiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Kechada 2-sonli talabalar turar joyida yashovchi talabalar va biologiya ta’lim yo‘nalishining 1-kurs talabalari, markaz xodimlari, tyutorlar, pedagog-tarbiyachilar ishtirok etdi.
Tadbirda o‘zbek adabiyoti kafedrasi dotsenti N.Allambergenova shoiraning hayoti va ijodi haqida ma’ruza qildi.
Adabiy kecha davomida talabalar shoiraning she’rlarini ifodali o‘qib, sahna ko‘rinishlarini ishtirokchilar e’tiboriga havola etdi.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalarga faxriy yorliq va sovg‘alar topshirildi.
