Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tanlov bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Filologiya fakultetida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan talaba-qizlar o‘rtasida “Miss Filologiya” tanlovi tashkil etildi.

Xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, ularning ma’naviy dunyosi, ijodiy salohiyatini yuksaltirish, talaba-qizlarning iqtidorini yuzaga chiqarish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilgan tanlovda fakultetning turli ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan faol talabalar ishtirok etdi.

Tanlovda ishtirokchilar tanishtiruv, alla aytish, milliy urf-odat va an’analarni aks ettirib berish kabi shartlar bo‘yicha o‘zlarining ziyrakligi va qobiliyatini ko‘rsatishga harakat qildi.

Shunday qilib, tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.