Shoira Zulfiya Isroilovaning 111 yilligiga bag‘ishlangan adabiy kecha

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Aniq fanlar fakultetida o‘zbek adabiyotining yorqin namoyandasi, O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova tavalludining 111 yilligi munosabati bilan adabiy kecha tashkil etildi.
Kechada talaba-yoshlar Zulfiya she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlari, shoiraning hayoti, ijtimoiy tashabbuslari haqida ma’lumotlar berdi.
Shuningdek, shoira qalamidan yaratilgan she’rlarni ifodali o‘qidi.
