Bayramga bag‘ishlangan “Zakovat Quiz” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamda Qoraqalpog‘iston “Zakovat” klubi tomonidan talaba-qizlar o‘rtasida “Zakovat Quiz” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Intellektual o‘yinda barcha fakultetlar va magistratura bo‘limidan jami 40 ga yaqin jamoalar ishtirok etdi.

O‘yin talaba-qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bilan birga, ularning bilim darajasi, mantiqiy fikrlashi va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini namoyon etishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Qiziqarli savollar, qizg‘in bahs-munozaralar va ko‘tarinki kayfiyat bilan davom etgan o‘yin yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, institut Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan diplom hamda bayram sovg‘alari bilan taqdirlandi.

NukusDPI matbuot xizmati.