Innovatsion g‘oyalar va startap loyihalar bo‘yicha seminar tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarga innovatsion g‘oyalar va startap loyihalar haqida batafsil ma’lumot berish, shuningdek, ularning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida “G‘oyadan startapgacha” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Institutning Xotin-qizlar maslahat kengashi huzuridagi “Qizlarjon” klubi hamda Nukus yoshlar texnoparki hamkorligida tashkil etilgan seminarda innovatsion va startap loyihalarga qiziquvchi talabalar ishtirok etdi.

Seminar davomida ishtirokchilarga yoshlarning ilmiy va innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan “Kelajak muhandislari”, “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” va “Bo‘lajak olim” tanlovlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Mazkur tadbir talaba-yoshlarning innovatsion fikrlashini rivojlantirish, ularning ilmiy-texnik salohiyatini oshirish, shuningdek, istiqbolli g‘oyalarni amaliy loyihalar hamda startaplarga aylantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.