Talaba-yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga bag‘ishlandi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakultetida “Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan talaba-yoshlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, ularning huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda institutning yurist-maslahatchisi Baxitgul Arziyeva talabalarga amaldagi qonunchilik, yoshlarning huquq va majburiyatlari, huquqbuzarliklarning oldini olish va turli huquqiy masalalarda to‘g‘ri yo‘l tutish haqida batafsil ma’lumotlar berdi.

Shuningdek, kundalik hayotda uchraydigan huquqiy muammolar, mehnat munosabatlari, shartnomalar tuzish, internet tarmog‘ida huquqiy javobgarlik kabi masalalar bo‘yicha tushunchalar berildi.

NukusDPI matbuot xizmati.