“Dekan va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Filologiya fakultetida “Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan “Dekan va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvda fakultet dekani Gulbahar Begmuratova Prezidentimizning mamlakatimiz yoshlari bilan uchrashuvida ta’kidlab o‘tgan ustuvor yo‘nalishlari, shu asosda kelgusida amalga oshiriladigan islohotlarning mazmuni va ahamiyatiga keng to‘xtalib o‘tdi.

Shu bilan birga, fakultet dekani yoshlar bilan ochiq muloqot qilib, o‘z ustida ishlash, bilim va ko‘nikmalarini oshirib borish, raqobatbardosh kadrlar bo‘lib yetishish bo‘yicha tavsiyalarini berdi.

NukusDPI matbuot xizmati.